Описание

Илхом Фармонов - Ilhom Farmonov

Ilhom Farmonov 1974 yil 26 aprelda tug'ilgan. Oilali, 2 o'g'il 1 qizi bor.

Ilhomni san'atga bo'lgan qiziqishi bolalikdan, maktabda o'qib yurgan kezlarida boshlangan.

1986-1988 yillarda Respublika miqyosida o'tkazilgan san'at bayramlari va «San'at g'unchalari» nomli yosh qo'shiqchilar ko'rik tanlovlarida birinchi o'rinlarni olishga sazovor bo'lgan. «Tinchlik bo'lsin», «Sayrang qushlar», «Ex orzular», «Ustozlar», «Chanoq paxtalar» kabi qo'shiqlari respublika radio efirlarida namoyish etilgan.

1989 yilda esa «Kamolot-89» ko'rik tanlovida qatnashib, «Eng kichik mohir ijrochi» nominatsiyasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.

1991 yilda esa «Toshkent davlat sirki»da ustozlari Komiljon Baratov va otasi Shomurod Farmonov boshchiligida «Bahor yana qaytadi» konsert dasturida qatnashib olqishlarga sazovar bo'lgan.

1991 yildan «Senmuding» qo'shig'i «Sevganim sevgan», «Ishqing o'tida», «Dilbarijanon», «Chaman aro», «Onajoning rozi qil», «Xumor», «Jamoling», «Qoroko'z», «Chaqaloqlar», «Ey yorginam», «Yorim kel», «Binafsha», «Devona», «Iltijo», «Ko'rdim qoroko'z ko'rdim», «O'zimda gunoh», «Muhabbat», «Otam», «Voy dilim», «Begona», «Janon bo'laman deb», «San manim», «O'zbekiston» taronalari xalqqa manzur bo'ldi.

1991-1998 yillar ichida «Ildam» yoshlar markazi ustozi Shomurod Farmonov boshchiligida Respublika bo'ylab konsert dasturi bilan Respublika paxtakorlariga o'z san'atini namoyish etdi, qolaversa qo'shni Respublikalarga ham chiqdi. Ilhomjon Farmonovni ijodi kundan-kunga rivojlani